Turkiya qurolli kuchlari yana bir marta artilleriya qurollaridan Suriya shimolidagi kurdlarning pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. Bu haqda harbiy manbaga iqtibos keltirgan holda Reyter axborot agentligi ma'lum qilgan.
Bundan oldinroq, 14 fevral kuni tongida turkiyaliklar Halab shimolidagi Dayr-Jamal shahridagi va Lataqiyadagi bazalarni o‘qqa tutgani ma'lum qilingandi.
Shuningdek, 13 fevral kuni Turkiya artilleriyasi Halab shimolidagi kurdlar nazoratida bo‘lgan Minnex aviabazasiga qarata o‘t ochgandi.
Turkiya bosh vaziri bu ma'lumolartni tasdiqlagan.