Turkiya bosh vaziri suriyalik kurdlarga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazilishi mumkinligini aytdi

Jahon 00:21 / 14.02.2016 3455

Turkiya hukumati agar zarurat paydo bo‘lsa suriyalik kurdlar kiradigan "Demokratik ittifoq" partiyasi jangarilariga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazishga tayyor, deb aytdi Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu. Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi.

"Zarurat bo‘lganda biz Suriyada Iroqdagi, Kandildagi kabi choralarni ko‘rishimiz mumkin", deb aytdi Dovudo‘g‘lu o‘tgan yili Iroq shimolidagi Kurd ishchi partiyasi pozitsiyalariga hujum qilinganiga izoh berib.

Dovudo‘g‘lu, shuningdek, bu masalada "Turkiyaning do‘stlari va tarafdorlari" ko‘magiga umid qilinishini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: