Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Turkiya qurolli kuchlari suriyalik kurdlar pozitsiyalariga zarba berganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Dovudo‘g‘luning bu bayonoti turk telekanallari tomonidan efirga uzatildi.
Turkiya bosh vaziri, shuningdek, kurdlar Suriya shimolidagi A'zas tumanini tark etishi lozimligini ta'kidladi.
"Biz ularning har bir qadami uchun o‘ch olamiz", deb aytdi Dovudo‘g‘lu.
Avvalroq Turkiya hukumatidagi manba turk harbiylari Suriyaning shimolidagi kurd pozitsiyalarini artilleriya qurolidan o‘qqa tutganini ma'lum qilgandi.
Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, turk snaryadlari mahalliy aholi uylariga ham tekkan.