Shvetsiyada qochqinlar uchun boshpanada qotillikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi

Jahon 22:21 / 14.02.2016 3048

Shvetsiya huquq-tartibot muassasalari Lyusn shahridagi qochqinlar uchun boshpanada bir odam qotilligida gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldilar.

Avvalroq 13 fevralda kechki payt suriyaliklar o‘rtasida chiqqan mushtlashuvda 22 yoshli boshpana xodimi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Qo‘lga olingan gumonlanuvchi yoshi 20 lardagi yosh yigit bo‘lib chiqdi.

Bu qotillik Shvetsiyada oxirgi mahal sodir etilgan ikkinchi shunday qotillik bo‘ldi. Yanvar oxirida Myolndaldagi suriyalik balog‘atga yetmagan bolalar boshpanasida 22 yoshli xodim o‘smirlardan biri tomonidan hujumga uchragan va pichoqdan olingan jarohatlar oqibatida shifoxonada vafot etgandi.

2015 yilda Shvetsiya hukumati mamlakat uchun rekord darajadagi 160 ming qochqinni qabul qilgan. Shvetsiya migratsiya tashkilotining fikricha, 2016 yilda muhojirlar bilan bog‘liq vaziyat uch ko‘rinishda rivojlanishi mumkin va mamlakatga yana 70 mingdan 140 minggacha muhojir kelishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: