Saudiya Arabistoniga Suriyadagi ixtilof boshidan beri 2 mln dan ko‘proq suriyalik kelgan

Jahon 23:23 / 14.02.2016 3060

Saudiya Arabistoniga Suriyadagi ixtilof 2011 yilning bahorida boshlanganidan beri 2 mln dan ko‘proq suriyalik kelgan. Bu haqda qirollikning tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ma'lum qildi.

Al-Jubayr o‘z davlati pozitsiyasini taqdisladi va Suriyaning amaldagi hukumatini "Suriyadagi inqirozning siyosiy yechimini cho‘zayotganlikda" aybladi. Al-Jubayrning ta'kidlashicha, "Bashar Asad hokimiyat tepasida qolmaydi – bu hal qilingan masala". "Asad yoki siyosiy jarayon, yoki harbiy vositalar yordamida hokimiyatdan chetlatiladi", deb aytdi al-Jubayr. U Suriya bo‘yicha muzokaralarga to‘xtalib, "muzokaralarni tiklashning imkoni borligi, biroq cheklanganini" ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: