Saudiya Arabistoni boshchiligida koalitsiya kuchlari Yamanning aholi yashaydigan hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan kassetali o‘q-dorilarni qo‘llashni davom ettirmoqda. Gap bir necha yillar avval emas, balki yaqindagina Saudiya Arabistoniga berilgan o‘q-dorilar haqida ketmoqda. Bu haqda Human Rights Watch huquqni himoya qilish tashkiloti ma'lum qildi.
Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, kassetali bombalarni qo‘llashning oxirgi holati 2015 yilning 13 dekabrida Xudaydo port shahrida yuz bergan. Bu zarba oqibatida bir ayol ikki bolasi bilan jarohat olgandi.
"Saudiya Arabistoni koalitsiya bo‘yicha ittifoqchilari bilan va AQShlik yetkazib beruvchilar ko‘magida jahon standatlarini inobatga olmayapti. Bu standartlar kassetali o‘q-dorilar hech qachon va hech qanday vaziyatda qo‘llanmasligi lozimligini ko‘rsatadi", deb aytdi Human Rights Watch vakili Stiv Guz. Guz tashkilot nomidan Saudiya Arabistonidan "jabr ko‘rgan tinch aholi haqidagi ma'lumotlarni tergov qilishni va kassetali o‘q-dorilarni qo‘llashni zudlik bilan to‘xtatishni" talab qildi.
5 yanvarda BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Yamanda koalitsiya kuchlari tomonidan kassetali bombalarning qo‘llanishi borasidagi xabarlar yuzasidan xavotir bildirgandi.