Antarktidada haqiqiy fojia yuz bermoqda. U yerda ulkan aysberg qamalida Adeli pingvinlari koloniyasi qolib ketdi. Aysberg 160 mingta pingvindan iborat bu koloniyaning 150 ming pingvinining qirilishiga sabab bo‘ldi.
Bu voqea 2010 yildayoq boshlangan. O‘shanda Soyuz buxtasiga ulkan aysberg suzib kelgan. Uning maydoni 29 km kvadratga baholanib, bu Rim va uning atrofidagi shaharlar egallagan maydonga teng. Olimlarning aniqlashicha, aysberg 160 ming pingvindan iborat koloniya qo‘nim topgan Denison burni yaqinida tiqilib qolgan.
Muammoning ko‘lamini endigina baholashga muvaffaq bo‘lindi. Aniqlanishicha, muz tog‘ pingvinlarning suvga tushishini to‘sib qo‘ygan, bu esa ularga yegulik topishga imkon bermagan. Oqibatda 5 yil ichida 160 minglik koloniyadan bor-yo‘g‘i 10 mingta pingvin qolgan. Olimlarning fikricha, qushlar yegulik yetishmagani sababli qirilib ketgan.
Mutaxassislar bong urmoqdalar: agar aysberg o‘zining joylashgan o‘rnini o‘zgartirmasa, qolgan pingvinlar ham butkul qirilib ketishi mumkin. Taxminlarcha, bu 20 yil davomida yuz beradi.