Qozog‘iston futzal bo‘yicha Yevropa chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi

Sport 10:52 / 14.02.2016 4539

Qozog‘iston terma jamoasi mini futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida bronza medallariga ega chiqdi. Uchinchi o‘rin uchun bahs Serbiya va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Serbiya mezbonlik qilgan bu turnirning yarim finalida serbiyaliklar rossiyaliklardan, qozog‘istonliklar ispaniyaliklardan mag‘lub bo‘lishgandi.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda qozog‘istonliklar to‘la ustunlikka erishishdi va 5:2 hisobidagi g‘alabadan keyin chempionatning bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Serbiya — Qozog‘iston 2:5 (0:1)

Gollar: Duglas 20 (0:1), Jamankulov 21 (0:2), Duglas 30 (0:3), Igita 32 (0:4), Duglas 34 (0:5), Rakich 38 (1:5), raychevich 40 (2:5)

Ogohlantirishlar: Perich 24, Lazich 24

Serbiya: Aksentiyevich, Momchilovich — Perich, Yanich, Kotsich, Raychevich, Jivanovich, Lazich, Simich, Rakich, Radovanovich, Miloyevich, Prshich

Qozog‘iston: Igita, Shamro — Leo, Duglas, Jamankulov, Dovgan, Suleymenov, Pershin, Knaub, Grebonos, Pengrin, Yesenamanov, Taku, Nurgojin.

Mini futbol bo‘yicha Yevropa chempionati finalida Ispaniya Rossiyani yengdi

Ko‘proq yangiliklar: