Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Barak Obama bilan telefon muloqoti chog‘ida "ikkilik standartlari voz kechib" yagona aksilterror front tuzilishi zarurati paydo bo‘lgani haqida gapirgan.
Kreml rasmiy saytida keltirilishicha, bu suhbat amerikaliklar tashabbusi bilan o‘tkazilgan.
"Rossiya va AQSh Mudofaa vazirliklari vakillari o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi zarur", deya ta'kidlanadi xabarda.
Xabarda ta'kidlanishicha, harbiy sohada aloqalar o‘rnatilishi IShIDga va boshqa terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashda muvaffaqiyat garovi bo‘ladi.
Telefon muloqoti chog‘ida siyosatchilar Suriyadagi va Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish xususida ham gaplashilgan.