AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatda Rossiya Suriyada o‘rtamiyona muxolifatga qarshi havo hujumlarini to‘xtatishi kerakligini ta'kidlab o‘tgan.
Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi. Yetakchilar telefon suhbati davomida Suriyaga insonparvarlik yordami ko‘rsatish muhimligini ta'kidlab o‘tishdi.
Avvalroq AQSh tomoni tashabbusi bilan uyushtirilgan telefon suhbati davomida Putin va Obama Suriya va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildilar va diplomatik boshqarmalar liniyasi bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar.