Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqishlari doirasida turibdi.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, mavsum yakunida inglizlar jamoasi 26 yoshli ushbu gabonlik futbolchini 70 mln funt (90 mln yevro) to‘lab, transfer qilishni rejalashtirgan.
Nashrning yozishicha, «MYu» yozgi transferlar vaqtida xarid qilish uchun Obameyangdan tashqari Robert Levandovski («Bavariya»), Neymar («Barselona») va Garet Beyl («Real») variantlarini ko‘rib chiqmoqda, lekin ular orasida eng ko‘p ehtimol bilan gabonlik futbolchi tanlanishi mumkin.
Qayd etilishicha, shu haftada manchesterliklar rahbariyati uchrashuvi vaqtida jamoa vitse-prezidenti Ed Vudvord yozgi transferlarda yangi futbolchilar xaridi uchun 120 mln funt ajratilishi haqida ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Obameyang o‘tgan yilda Afrikaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingandi.