"Chelsi" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino "Manchester Yunayted" jamoasi haligacha o‘ziga shartnoma taklif qilish tugul, og‘zaki kelishuvga erishish uchun harakat qilmayotganidan norozi bo‘lmoqda. Bu haqda The Sunday Times xabar yozgan.
Xabarda aytilishicha, mutaxassis "MYu"da ishlash istagi tufayli boshqa jamoalardan bo‘lgan takliflarni rad etib kelmoqda.
Bundan oldinroq, uning mavsum yakunida manchesterliklar boshqaruvida Lui van Gaalning o‘rnini egallashi aniq bo‘lgani va unga yiliga 20 mln yevro maosh tayinlanishi haqida xabarlar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mutaxassisga "Roma"dan hamda Xitoy chempionatidan takliflar bo‘lgandi.