Microsoft korporatsiyasi Inha universiteti bilan hamkorlikni rivojlantiradi

O‘zbekiston 15:50 / 14.02.2016 3620

Taniqli Microsoft korporatsiyaning delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama etish uchun tashrif buyurdi, deb xabar beradi Inha universiteti rasmiy sayti. 

Delegatsiya tarkibidan Microsoftning Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasida litsenziya qoidalariga amal qilinishini nazorat qiluvchi menejyerlari Dias Shukanov va Anna Samolyotova, O‘zbekistondagi biznesini rivojlantirish bo‘yicha menejyer Ravshan Karimov va Markaziy Osiyo va Mongoliyada hamkorlar bilan ishlash menejyeri Aliyor Bahronovlar o‘rin olgan edi.

Microsoft delegatsiyasi a'zolari Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sherzod Shermatov bilan uchrashishdi va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Xabarda yozilishicha, Microsoft korporatsiyasi ikki yildirki universitet talabalariga DreamSpark vaucherlarini taqdim etmoqda. Mazkur vaucherlar yordamida talabalar Visual Studio, Xamarin, GitHub Student Developer pack, VS Express 2013 for Web/Windows, VS Team Foundation, Team Explorer Everywhere, MS Expression Studio, XNA Game Studio 4, Kinect for Windows SDK, Kodu Game Lab, MS Mathematics, Windows Phone SDK, Silverlight 4 SDK, MS Robotics Developer Studio, VS LightSwitch, Microsoft Azure va boshqa dasturlardan bepul foydalanishayapti.

 

Ko‘proq yangiliklar: