Angliya terma jamoasining sobiy futbolchisi Maykl Ouen yuqori saviyadagi futbolchilar tumanli albiondagi kuchli jamoalarni tanlashlari, lekin keyingi mavsumda YeChLda qatnashsa ham «Lester»ga o‘tishga rozi bo‘lishmasliklari haqida aytib o‘tdi.
«Shaxsan men bu vaziyatda keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etishi katta so‘roq ostida bo‘lsada «Manchester Yunayted» yoki «Liverpul»ni tanlagan bo‘lardim. Chunki, «Lester» bu yil chempion bo‘lsada, keyingi mavsumda ligadan tushib ketishi ehtimoli katta. Ular keyingi mavsumda ham ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borishadi.
Bu ular tanlaydigan yo‘lga bog‘liq. Ular YeChLda ishlab topgan pullarini rivojlanish uchun sarflashsa yaxshi. Ammo ular pullarni o‘zida olib qolishni ma'qul ko‘rib, Mahrez va boshqa yetakchilarini yo‘qotishlari ham mumkin. Ularning tarkibi «Yunayted» va «Liverpul»niki kabi kuchli emas.
Lekin tan olamanki, ular mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazishmoqda. Umid qilamanki, ular chempionatda g‘olib chiqishadi», — deydi Ouen.