«Lester» futbolchilari APLda g‘olib chiqishsa, Las-Vegasga sayohatga yuboriladi

Sport 16:16 / 14.02.2016 2625

«Lester» jamoasi rahbariyati jamoa mavsum yakunida APL chempionligiga erishsa, futbolchilarni AQShning Las-Vegas shahriga sayohat uchun jo‘natiladi.

Futbolchilarga g‘oliblik uchun pul mukofotlari va'da qilinmagan.

Ayni vaqtda jamoa 25 turdan keyin 57 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Klaudio Raneri shogirdlari o‘z ta'qibchilari «Tottenhem» va «Arsenal»ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda. Bugun «Lester» «Arsenal» maydoniga safar qilib, muhim bahsni o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: