«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri «Arsenal»ga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlarning savollariga javob berdi. U mavsum yakunida va keyingi mavsumda qanday natijalar kutayotgani haqida aytib o‘tgan.
«Menda ingliz tili bilan muammolar bor. Shuning uchun faqat tushungan savollarimga javob beraman.
Men alpinist emasman, lekin men yuqorida turish nima ekanini bilaman. Bunday vaziyatda faqat yuqoriga qarash va pastga qaramaslik kerak. Cho‘qqiga intilish kerak va "Olg‘a, yigitlar!" deyish kerak.
Balki, bu mavsum «Lester» uchun atalishi mumkin. Bu mavsumda «Lester»da chempion bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat hosil bo‘lgan. Muxlislarimiz ham, men ham buni orzu qilmoqdaman. Ammo vaziyatga real baho berib, diqqatni yo‘qotmaslik kerak.
Bizning imkoniyatimiz oxirgisi bo‘lishi ham mumkin. Yoki hozir, yoki hech qachon. Keyin nima bo‘lishini o‘ylash ham og‘ir. Umid qilamanki, keyingi mavsumda biz APLda oltinchi va o‘ninchi o‘rinlar orasida bo‘la olamiz», deydi Raneri.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal»ga qarshi o‘yinda «Lester» 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ayni vaqtda «tulkilar» 26 turdan keyin 53 ochko bilan birinchi o‘rinda joylashib turibdi.