2018 yilda Rossiya mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida mamlakatdagi mehmonxonalar uchun narxlar 700 ming rubldan qimmat bo‘lmasligi belgilab qo‘yildi. Bu haqda Rossiya hukumati saytida xabar berilgan.
Ayni vaqtda Sankt-Peterburgdagi eng hashamatli "besh yulduzli" mehmonxonalarning eng qimmatbaho nomeri narxi aynan 700 ming rublni tashkil etadi. Shahardagi eng arzon nomer esa Nevadagi mehmonxona bo‘lib, bu yerdagi eng arzon nomerni 1 kunga 4600 rubl evaziga olish mumkin. Moskvada esa mundial vaqtida jng qimmat nomer 650 ming rubldan oshmaydi. Hozirda eng arzon xona narxi 2480 rubl bo‘lib turibdi.
Rossiyaning JCh-2018 turniri o‘yinlarini qabul qiladigan boshqa hududlaridagi mehmonxona narxlari qay darajada bo‘lishi quyida keltirilgan:
Mordoviya respublikasi: 26,4 ming rubl (maksimum) — 2610 rubl (minimum);
Tatariston respublikasi: 85 ming rubl — 3400 rubl;
Krasnodar o‘lkasi: 85 ming rubl — 3000;
Volgograd viloyati: 45 ming rubl — 3200;
Sverdlovsk viloyati: 47 ming rubl — 2610;
Kaliningrad viloyati: 57,5 ming rubl — 2400;
Nijyegorod viloyati: 70,68 ming rubl — 4250;
Rostov viloyati: 52,29 ming rubl — 2440;
Samara viloyati: 75,3 ming rubl — 2250.
Rossiyadagi Jahon chempionati 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyunigacha o‘tkazilishi belgilangan.