Fransiyada jinoyatchilar kazinoni tunab ketishi oqibatida 40 kishi jabrlandi

Jamiyat 11:05 / 14.02.2016 2964

Fransiyaning janubidagi Eks-an-Provans shahrida qurollangan jinoyatchilar kazinoni tunab ketishdi. Bosqinchilik tungi payt sodir etilgan.

Bosqinchilar otishma ochib, kazino kassasidagi pullarni olib, qochib qolishgan. Kazinoda bu vaqtda 700 ga yaqin odam bo‘lgan.

Oqibatda kazinoda sarosima boshlangan va natijada 40 kishi yengil jarohat olgan. 4 kishi tibbiy muassasalarga yetkazilgan. O‘g‘irlab ketilgan pul miqdori ma'lum qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: