Xitoyning «Tszyansu Sunin» jamoasi tranferlar bozoridagi rejalari bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Rahbariyat tomonidan ma'lum qilinishicha, jamoa joriy qishki transferlardagi faolligini to‘xtatadi va qolgan vaqt ichida Yevropadan boshqa futbolchi xarid qilmaydi.
Qo‘shimcha qilinishicha, yaqin kunlarda jamoa safi yana bir xitoylik futbolchi bilan to‘ldiriladi.
Qayd etish kerakki, o‘tgan mavsum yakunida Xitoy chempionatida 10 o‘rinni egallagan bu jamoa qishki transferlar vaqtida juda faol harakat qilib, «Chelsi»dan Ramiresni «Shaxtyor»dan rekord darajadagi 50 mln yevro evaziga Aleks Teysheyrani sotib oldi. Shuningdek, «Chelsi»ning yana bir futbolchisi Oskar (100 mln yevro) va «Galatasaroy» jamoasi yarim himoyachisi Uesli Sneyderga taklif bilan chiqqandi.