Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond Suriya prezidenti Bashar Asadning o‘z lavozimidan ketishi Moskva unga nisbatan o‘z ta'sirini qo‘llashga qaror qilishidan bog‘liq, deb aytdi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
"Sayyoramizda Suriyadagi fuqarolik urushini birgina telefon qo‘ng‘irog‘i bilan tugata oladigan birgina odam bor va bu janob Putindir", deb aytdi Xammond.
Xammond Suriyada o‘rtamiyona muxolifatning 150 minggacha vakili bo‘lgani va endilikda ular Rossiya aviazarbalari tufayli o‘z hududlarini yo‘qotayotganlarini aytdi. Xammondning aytishicha, Asad tuzumi bu hududlar ustidan nazoratni o‘rnatish uchun yetarlicha kuchlarga ega emas.
Xammond Moskvani "yoppasiga bombardimon taktikasi" va "fuqarolik tumanlarini betartib bombardimon qilish"dan voz kechishga chaqirdi. Xammond Rossiya xalqaro huquq doirasida va BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyasiga mos ravishda majburiyatlarini bajarishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Uning fikricha, Rossiya faqatgina terrorchilarga zarba berayotganini ta'kidlashiga qaramasdan, noekstremistik guruhlar va tinch aholiga hujum qilishni davom ettirmoqda.