Janubiy Amerika va Yevropa o‘rtasida, Atlantika okeani osmonida kuniga 1000ga yaqin samolyot uchib o‘tadi. Bu dunyodagi eng serqatnov havo yo‘llaridan biri hisoblanadi.
Britaniyalik atmosferashunos olim Paul Villamsning fikriga ko‘ra, reyslarda vaqtni tejash uchun ishlatilayotgan reaktiv yoqilg‘i atmosfera qatlamiga oddiy yoqilg‘iga nisbatan ancha ko‘p zarar yetkazib, atmosferada xavoning isishiga ta'sir ko‘rsatmoqda.
Olimlarning fikricha, qish faslida shamolning tezligi oshmoqda. Bunga sabab yer va atmosfera qatlamining harorati oshib ketayotganligidadir.