AQSh Oliy sudining hakami vafot etdi

Jahon 07:36 / 14.02.2016 3182

AQSh Oliy sudi rahbari Jon Roberts hakam Antonin Skalianing vafoti haqidagi ma'lumotni tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Sud va o‘z lavozimini tark etgan hakamlar nomidan bizning hamkasbimiz Antonin Skalia vafot etganini chuqur iztirob bilan ma'lum qilaman", deyilmoqda xabarda.

Robertsning ta'kidlashicha, Skalia "hamkasblari hurmatiga sazovor bo‘lgan atoqli odam va huquqshunos bo‘lgan".

Roberts Skalianing yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Skalia Oliy sud hakami lavozimiga tayinlanishi bo‘yicha eng keksa hakami bo‘lgan. Uni bu lavozimga 1986 yilda AQSh prezidenti  Ronald Reygan tayinlangan. Associated Press axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, hakam Janubiy Texasdagi uyida 12 fevraldan 13 fevralga o‘tar kechasi 79 yoshida vafot etgan. Uning vafot etganini ertalabki nonushtaga kelmaganidan keyin aniqlashgan. 

Ko‘proq yangiliklar: