Aktrisa Jyenifer Lourens Kentukkidagi shifoxonaning bolalar bo‘limiga 2 mln dollar ehson qiladi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Pullar Lourensning ona shahri Kentukkida bolalar kardio-reanimatsiya bo‘limini qurish uchun sarflanadi.
"Oskar" mukofoti sohibasining aytishicha, u va uning oilasi bayram kunlari shifoxonaga tashrif buyurib, u yerda ajoyib odamlar bilan tanishib, ularning kuchlari va jasoratlaridan ilhomlanishgan.