Italiya chempionati 25-turidagi markaziy uchrashuv "Yuventus" va "Napoli" jamoalari o‘tkazildi. Unda 1:0 hisobida turinliklar g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuv deyarli tengkurashlar ostida o‘tib, muxlislar 89-daqiqaga kelibgina gol ko‘rishdi. Simone Dzadza o‘yindagi yagona gol muallifi bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Massimliano Allegri shogirdlari 57 ochko to‘plagan holda turnir peshqadamiga aylanishdi. Neapolliklar hisobidagi ochkolar soni 56taligicha qoldi va jamoa ikkinchi o‘ringa joylashgan.
Italiya chempionati, 25-tur.
Yuventus – Napoli 1:0
Gol: Dzadza, 89
Yuventus: Buffon, Bonuchchi (Rugani, 52), Evra, Lixtshtayner, Bardzali, Pogba, Kuadrado, Xedira, Markizio, Dibala (Aleks Sandro, 86), Morata (Dzadza, 58).
Napoli: Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Gamshik, Jorjino, Kalexon, Allan (Gabbyadini, 90), Insine (Mertens, 77), Iguain.
Ogohlantirishlar: Kalexon - Pogba, Markizio.