Turkiya artilleriyasi Suriyaning Halab viloyatida joylashgan Minnex aviabazasiga o‘t ochdi. Bu yerda harbiy aerodrom joylashgan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
O‘t ochishdan oldin Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Turkiya suriyalik kurdlar pozitsiyalariga hujum qilishi mumkinligini aytgandi.
"Agar kerak bo‘lsa, biz Iroqdagi kabi choralar qabul qilishimiz mumkin. Umid qilamizki, bizning do‘stlarimiz va ittifoqchilarimiz bizni qo‘llab-quvvatlaydilar", deb aytgandi Dovudo‘g‘lu.
11 fevralda Suriya ko‘ngilli askarlari otryadlari turk kurdlari bilan birga Minnexdan "Jibhad an-Nusra" jangarilarini siqib chiqargandi. Jangarilar bu yerdagi aerodromni 3 yil davomida egallab turgan.
Minnex strategik ahamiyatga ega aviabaza hisoblanadi, chunki u Suriya chegarasidan keluvchi hukumat avtotrassasida joylashgan.
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Turkiya va Saudiya Arabistoni agar natijani kafolatlaydigan strategiyani ishlab chiqa olsalar, Suriyada quruqlikdagi operatsiyani boshlashlarini ma'lum qilgandi.