Rossiyaning Lipetsk aviamarkazidagi Su-24 bombardimonchi samolyotlaridan biri Suriyada halok bo‘lgan rossiyalik uchuvchi Oleg Peshkov nomi bilan ataldi. Bu haqda "Interfaks" xabar tarqatgan.
"Biz o‘z burchini chuqur anglagan ajoyib uchuvchini yo‘qotdik. Bazadagi Su-24 rusumli samolyotlaridan birini uning nomi bilan atashga qaror qildik. Lipetskda joylashtirilgan bombardimonchi samolyot Oleg Peshkov nomi bilan ataladi", deya ma'lum qilgan Rossiya Harbiy kosmik kuchlari bosh qo‘mondoni Viktor Bondaryov.
U bu haqda Peshkovning tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ida uning xotirasi uchun o‘rnatilgan me'moriy lavhning ochilishi marosimi vaqtida ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 24 noyabr kuni Turkiya tomonidan urib tushirilgan Su-24 uchuvchisi Oleg Peshkov samolyot halokatga uchragach, katapulta yordamida parashyutdan sakragan vaqtida Suriyadagi turkmanlar nazoratidagi hududdan o‘qqa tutilgan. Uchuvchiga vafotidan keyin “Rossiya Qahramoni” unvoni berilgan.