Suriya xorijiy harbiylarning mamlakat hududidagi harbiy ixtilofga aralashuviga muhtoj emas. Bu haqda Suriyaning muxolifatdagi muzokaralar bo‘yicha Oliy qo‘mitasi vakili Salom Maslat aytdi. Uning aytishicha Suriyada "demokratiya uchun jang qiluvchi odamlar yetarlicha, unga tashqi kuchlar kerak emas". Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Maslat agar Bashar Asad qo‘shinlari Eron yoki Rossiya tomonidan quruqlikdagi harbiy ko‘makni olsa, vaziyat o‘zgarishi mumkinligini aytdi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni mudofaa vazirligi Suriyada IShIDga qarshi quruqlikdagi qismlarni joylashtirishga tayyorligini ma'lum qilgandi. Saudiyaliklar shu maqsadda Turkiyaning Injirlik bazasiga razvedkachilar yuborgan. So‘ngra bunga BAA ham tayyorligini ma'lum qilgan.
O‘z navbatida, AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Joshua Bayker AQSh Suriyaga xalqaro qo‘shinlarni kiritish imkoniyatini qaramayotganini aytgan. "Biz barchamiz Saudiya Arabistoni, Birlashgan Amirliklar bayonotini ko‘rdik. Biroq, prezident Obama aytganidek, AQSh Suriyada quruqlikdagi operatsiyani o‘tkazish bo‘yicha hech qanday rejaga ega emas", deb ta'kidlab o‘tdi Bayker.