Saakashvili Ukraina prezidentligiga saylovda ishtirok etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Jahon 17:15 / 13.02.2016 4846

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili davlat rahbarligiga o‘z nomzodini qo‘yish niyati bor-yo‘qligi haqidagi savollarga javob qaytardi.

“Bo‘lmagan gap! Albatta, yo‘q! Hatto eng qo‘rqinchli tushimda ham buni tasavvur qila olmayman”, – dedi u jurnalistlarga.

Saakashvili Myunxendagi xavfsizlikka bag‘ishlangan konferensiyada ishtrok etmoqda.

“Hafta ko‘zgusi. Ukraina” nashrida Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakov o‘z intervyusida Saakashvili go‘yoki unga bosh vazirlik va vitse-premer lavozimlarini o‘zaro bo‘lishib olishni taklif etganini haqida gapirgandi.

Vazir, shuningdek, Saakashvilining Ukraina siyosatidagi kelajagi haqida ham o‘z tasavvurlarini ma'lum qildi.
Uning aytishicha, gubernator allaqachon davlatning hozirgi rahbari Petro Poroshenko siyosatining tarafdoriga aylanib bo‘lgan.

“Agar saylov bo‘lsa, u (rejalashtirilayotgandek) prezident komandasining ikkinchi kolonnasi deb nom olgan maxsus blokini boshqaradi, keyin saylovlar tugashi bilan o‘z bilganidek ish yurita boshlaydi” dedi amaldor.

Ko‘proq yangiliklar: