Rim papasi va Moskva patriarxi iste'molchilik jamiyatining nuqsonlari borasida fikr almashdi

Jahon 17:04 / 13.02.2016 2541

Moskva va butun Rus patriarxi Kirill Rim papasi Frantsisk bilan birgalikda tuzilgan qo‘shma deklaratsiyada rivojlangan davlatlar misolidagi to‘xtovsiz mahsulot iste'mol qilish ko‘nikmasi sayyoraning resurslarini qashshoqlashtirib yuborayotganini, boylik taqsimotidagi adolatsizlik esa jahondagi global tizimga bo‘lgan ishonchsizlikni orttirib yuborayotganini ta'kidladi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.

“Bizning qarashimiz og‘ir ahvoldagi, insoniyatning moddiy boyliklari ortayotgan bir paytda qashshoqlik sharoitlarida yashayotgan insonlarga qaratilgan”, - deyiladi bayonotda.
Rus pravoslav va Rim-katolik cherkovlari vakillarining so‘zlariga qaraganda, “ayrim rivojlangan davlatlarga xos tinimsiz moddiy boyliklarni iste'mol qilish” sayyoraga jiddiy salbiy ta'sir o‘tkazmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: