OAV: Saudiya Arabistoni Turkiyadagi harbiy bazaga 20ta harbiy samolyotini joylashtirdi

Jahon 16:58 / 13.02.2016 5696

Saudiya Arabistoni harbiy havo kuchlariga tegishli bo‘lgan 20ta harbiy samolyot, jumladan qiruvchi samolyotlar Turkiyaning Injirlik bazasiga yetib kelgan. Bu haqda The Independent nashri Turkiya TIV rahbari Mavlyut Chovusho‘g‘liga asoslangan holda xabar bergan.

Qayd etish kerakki, bu qaror Saudiya Arabistonining Suriyada IShIDga qarshi quruqlikdagi harbiy amaliyotlar boshlashi haqidagi xabarlar fonida yuz berdi.

"Saudiya Arabistoni IShIDga qarshi kurashdagi o‘z pozitsiyasini bildirdi. Ular o‘z samolyotlari va harbiylarini jo‘natishga qaror qilishdi. IShIDga qarshi arab koalitsiyasining har bir majlisida biz jangarilarga qarshi harakatlar ko‘lamini kengaytirish xususida muhokama o‘tkazamiz. Agar shu strategiyamiz saqlanib qoladigan bo‘lsa, Turkiya va Saudiya Arabistonining quruqlikdagi qo‘shinlari Suriyaga harbiy amaliyotlar o‘tkazish uchun kirishi mumkin", degan turkiyaliklar vaziri.

Ma'lumot uchun, Injirlik bazasi Suriya bilan chegaradagi Adan shahridan 8 km masofada joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: