Moskva va Moskva viloyatidagi ikkita savdo markazidagi odamlar portlovchi modda haqidagi anonim qo‘ng‘iroqlar sababli evakuatsiya qilindi. Bu haqda 13 fevralda favqulodda xizmatlardagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Moskvaning Presnenskiy ko‘chasidagi "Afimoll Siti", "Atrium" va "Mega "Belaya Dacha" savdo markazlaridan odamlar va xodimlar evakuatsiya qilindi. Xonalar tekshirilmoqda, deb ma'lum qildi manba.
"Moskva 24" telekanali syujyetida aytilishicha, "Afimoll Siti"da "Miss Rossiya" tanlovi ishtirokchilari saralash bosqichi bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq kasting evakuatsiya sababli barbod bo‘ldi. "Bizning ma'lumotga ko‘ra, bino ma'muriyatiga savdo markazida portlovchi qurilma qo‘yilgani haqida qo‘ng‘iroq kelib tushgan", deb aytdi voqea joyida bo‘lgan muxbir.
"Bugun men "Miss Rossiya-2016" kastingini "Afimoll"da olib borayotgandim. Kastingning eng qizg‘in payti "Afimoll"dan odamlarni evakuatsiya qilishni boshlashdi! Trevoga, albatta, yolg‘on bo‘lgan, biroq biz ikki soatdan beri ichkariga qayta olmayapmiz", deb yozdi Instagram’da Love Radio boshlovchisi Maksim Privalov.
Guvohlarning aytishicha, savdo markazida kuyindi hidi kelgan. Yong‘in signlizatsiyasi ishlab ketgan, voqea joyida sapyor va kinologlar itlari bilan ishlamoqda.