«Arsenal» jamoasining germaniyalik yarim himoyachisi Mesut O‘zil londonliklar bilan 2016 yilning yozigacha tuzilgan amaldagi shartnomasini yana 2 yilga uzaytirish bo‘yicha taklifni rad qilgan.
Marca nashri xabariga ko‘ra, futbolchi jamoa rahbariyati bilan uchrashuvda o‘zini kelajakda «Arsenal» bilan ko‘rmayotganini bildirgan.
Ayni vaqtda ushbu 27 yoshli futbolchiga Ispaniyaning «Barselona» jamoasidan qiziqish bo‘layotgani, kataloniyaliklar vakillari futbolchining agenti bilan bundan oldin ham bir necha marta aloqaga chiqqani aytilgan.
Bundan oldinroq, futbolchining sobiq jamoasi «Real» uni qaytarib sotib olishi mumkinligi haqida aytilgandi.
Joriy mavsumda O‘zil APLning 23 o‘yinida ishtirok etib, 4ta gol urgan va 16ta golli uzatma amalga oshirgan.