Xonanda Lola Yo‘ldosheva, o‘tgan yilgi janjallardan alamzadaligi bitmagan, shekilli, Instagram’dagi sahifasi orqali tanqidchilariga qaratilgan hazilomuz videolavhalar tarqatishda davom etmoqda.
O‘tgan safar u o‘zini sochi qiyofada ko‘rsatgan edi. Bu safar esa montaj dasturi yordamida yuzini maymun yuziga almashtirib, g‘alati qiliqlar ko‘rsatdi. Orqa fonda quvnoq yigit-qizlar raqs tushayotganini payqash mumkin.