Suriyada faqatgina amaldagi prezident Bashar Asad shaharlarni qamal qilmayapti, barcha tomonlar inson huquqlarini buzmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.
“Qamal qilingan shaharlarga kelsak, ularni faqat Asad qamal qilmayapti, - ta'kidladi Lavrov. – Gumanitar fojia yoqasidagi fuqarolarning katta qismi – bugungi kunda ularning soni 400 ming kishini tashkil qiladi – muxolif guruhlar qamal qilgan shaharlardadir”.