Kolumbiyada 5 mingdan ziyodroq homilador ayol Zika virusi bilan kasallandi

Jahon 21:25 / 13.02.2016 3134

Kolumbiyada 5 mingdan ziyodroq homilador ayol Zika virusi bilan kasallandi, deb xabar bermoqda mamlakat hukumati.

Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni 31 mingdan oshib ketdi, deb xabar bermoqda Kolumbiya hukumatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Bir hafta oldin virus bilan 25 mingdan ko‘proq odam, jumladan 3 ming homilador ayol kasallangani ma'lum qilingandi.

Zika bezgagi maymunlarda kuzatiluvchi o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, ba'zida odamlarga chivinlar orqali yuqadi va odam hayotiga xavf tug‘dirmagan holda kechadi. Virus ayniqsa homilador ayollarga xavflidir, chunki homilada mikrotsefaliyani (boshning tanaga nisbatan nomutanosib ravishdagi kichikligi) keltirib chiqaradi.

Ko‘proq yangiliklar: