Afg‘onistonlik siyosatchi Said Fazlulla Vohidiy Pokiston poytaxtining markaziy tumanlaridan birida noma'lum shaxslar tarafidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Dawn gazetasi yozmoqda.
65 yoshli Vohidiy muqaddam Kunar va Hirot viloyatlarining hokimi lavozimida ishlagan. U Islomobodning F-7 sektorida nabirasi bilan sayr qilib yurganida o‘g‘irlab ketilgan.
Politsiya qidiruv ishlarini boshlab yuborgan. Hozircha aniq natijaga erishilgani haqida xabar yo‘q.