Hubble teleskopi koinotdagi eng yirik qora tuynukni aniqladi

Fan-texnika 22:03 / 13.02.2016 6260

Hubble kosmik teleskopi koinotdagi eng yirik qora tuynukni aniqladi, deb ma'lum qilinmoqda qurilma saytida.

Yaqin kunlargacha eng katta bunday obekt Parizod yulduzlar turkumidan 53 mln yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan M87 galaktikasi markazidagi qora tuynuk hisoblangan.

Hubble topgan qora tuynuk 21 mlrd ta quyosh massasiga teng va NGC 4889 elliptik galaktikasi markazida joylashgan. Uning massasini o‘lchash uning o‘likligi sababli murakkablik tug‘dirdi, chunki qora tuynuk yangi yulduzlarning shakllanishi uchun yaroqli bo‘lgan barcha gaz zaxirasini yo‘q qilib yuborgan.

Tuynukning diametri 130 mlrd kilometrni tashkil qiladi.

Yaqinda qora tuynuklar olimlarga gravitatsion to‘lqinlarni ochishga yordam berdi – makon-zamon materiyasi tebranishi qora tuynukning Quyosh og‘irligidan 62 marta katta bo‘lgan obekt bilan birlashishida qayd qilingan. Gravitatsion to‘lqinlarni yuzaga keltirgan tuynuklar diametri 150-200 km ni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: