Yevropa shunchaki chegaralarini himoya qilib o‘tirib, terrorchilik muammosi va migratsion inqirozga bas kela olmaydi, kompleks chora-tadbirlar ko‘rish zarur. Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Hammond Myunxenda o‘tayotgan xavfsizlik konferensiyasida aytib o‘tdi.
“Yevropa chegaralarini himoyalash, u terrorchilikka qarshi kurash yoki migratsion inqirozni bartaraf qilish uchun olib borilishiga qaramasdan, o‘z-o‘zidan samarador bo‘lib qolmaydi. Muammoning ildizlariga qarshi kurashish kerak”, - ta'kidladi u.