Fransiya bosh vaziri Manuel Vals Yevropada giperterrorizm davri boshlangani haqida aytib o‘tdi.
"Biz ushbu haqiqatni fuqarolarimizga tushuntirishimiz zarur – bizga hali yana hujumlar bo‘ladi, qo‘rqinchli hujumlar bo‘ladi. Bu giperterrorizm balosi davom etadi. Biz unga qarshi yanada qat'iyat bilan kurashsak ham, baribir avj olaveradi", - deya e'lon qildi Vals Myunhendagi xavfsizlikka bag‘ishlangan konferensiya vaqtida.
Ushbu qo‘shma konferensiyada Vals rossiyalik hamkasbi Dmitriy Medvedev bilan birgalikda ishtrok etdi.