Davlat departamenti vakili: AQSh Suriyada quruqlikdagi operatsiya o‘tkazishni rejalashtirmayapti

Jahon 20:16 / 13.02.2016 1975

Vashington tomonidan Suriyaga xalqaro qo‘shinlarning kiritilishi imkoniyati qaralmayapti, deb aytdi AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Joshua Beyker. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.

Beyker bu haqda "Interfaks-Kazaxstan" agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Beykerning aytishicha, AQShda Suriyada quruqlikda operatsiya o‘tkazish uchun hech qanday reja mavjud emas.

"Fikrimcha, AQSh Davlat kotibi boshqa davlatlar bilan quruqlikdagi operatsiya imkonini nazarda tutmagan. Biz barchamiz Saudiya Arabistonining bayonotini ko‘rdik.Biroq prezident Obama aytganidek, AQSh tomonidan Suriyada quruqlikda operatsiya o‘tkazish bo‘yicha hech qanday reja yo‘q", deb aytdi Beyker.

"O‘ylaymanki, buni hech kim istamaydi. Bu fuqarolik urushi 4 yildan ko‘proq davom etmoqda. Biz bu muammoni hal qilishni istaymiz va xalqaro qo‘shinlar bu vaziyatda yordam bera oladi, deb o‘ylamaymiz", deb qo‘shimcha qildi Beyker.

Ko‘proq yangiliklar: