"Barselona" himoyachisi Daniel Alves ayni vaqtda "Bavariya"ning boshqarib turgan sobiq ustozi Xosep Gvardiola haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Uning muvaffaqiyatlari siri shundaki, u futbolchilarga boshqalar ko‘ra olmaydigan jihatlarni ko‘rishni o‘rgatadi. U futboldagi Eynshteyndir.
Gvardiola o‘zgarishlar amalga oshirishni yoqtiradi, inqilob qilib bo‘lmaydigan joyda esa u o‘zini noqulay his qiladi. Men shubha qilmaymanki, u o‘z faoliyatida yutuqlarga erishishda davom etadi. Chunki, u futboldagi o‘ziga xos alohida shaxs.
U o‘ziga kerakli barcha narsa muhayyo qilinishini istaydi. Angliyada uni hurmat qilishadi va u istagan barcha sharoitlarni yaratib berishlari aniq. Angliya u ishlashi uchun eng yaxshi liga.
YeChLda g‘alaba qozonishmi? Unga buni uddalash qiyin bo‘lishi aniq. Chunki, u "Manchester Siti"ga borgach, yaxlit jamoa yaratish uchun ko‘p kamchiliklarni yo‘qotishi talab etiladi", deya Alvesning so‘zlarini keltiradi The Times.