Britaniya bosh vaziri Kemeron Rossiyani Shimoliy Koreyaga qiyosladi

Jahon 23:22 / 13.02.2016 7921

Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning Rossiyani Ukrainaga "bostirib kirish"da ayblagan va uni Shimoliy Koreya bilan qiyoslagan so‘zlaridan "hafsalasi pir bo‘lganini" o‘zining tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

Bundan avval Kemeron Germaniya kansleri Angela Merkel bilan birgalikdagi kechki ovqat paytida "Rossiya Ukrainaga bostirib kiradigan, Shimoliy Koreya kabi nazorat qilib bo‘lmaydigan davlat yadroviy qurolni sinovdan o‘tkazadigan bu dunyoda biz bu tajovuzga qarshi turishimiz va bizning butun iqtisodiy qudratimizdan qoidalarga amal qilmaydiganlarga va bizning xalqlar xavfsizligiga xavf soluvchilarga bosim o‘tkazishda foydalanishimiz lozim", deb aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: