AQSh Davlat kotibi agar Asad majburiyatlarini bajarmasa, Suriyaga koalitsiya qo‘shinlari kiritilishini aytdi

Jahon 13:48 / 13.02.2016 6851

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriya hukumati tinchlikni ta'minlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa, mamlakat hududiga koalitsiyaning qurolli kuchlari kiritilishi to‘g‘risida ma'lum qildi. Bu haqida Reuters xabar berdi.

«Agar Asad o‘z majburiyatiga amal qilmasa, Eron va Rossiya ularni bajarishga majbur qilmasa, dunyo ahli bunga shunchaki tomoshabin bo‘lib qarab tura olmaydi», —dedi Kerri Orient TVga bergan intervyusida.

Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Bashar Asad kelishuvdagi majburiyatlarni bajarmagan taqdirda mamlakatga quruqlik qo‘shinlari kiritiladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: