APLning 25 turida "MYu" safarda autsayderdan mag‘lub bo‘ldi

Sport 20:10 / 13.02.2016 4011

Angliya chempionati 25-turini "Sanderlend" jamoasi o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qilgan uchrashuv boshlab berdi.

Ushbu uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 3 daqiqasidayoq David De Xea o‘z davrozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Bu vaziyatda Sem Ellardaysning qishki transferlardagi xaridi Vahob Hazri jarima zarbasidan unumli foydalanib hisobni ochdi. 39 daqiqada Antoni Marsyal hisobni tenglashtirdi.

O‘yinning 82 daqiqasida Konening zarbasidan keyin Devid de Xea to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Shu tariqa, Sem Ellardays shogirdlari o‘z maydonida 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi va ahvollarini yaxshilab olishdi. Jamoa ayni vaqtda 23 ochko bilan 18 o‘ringa ko‘tarilgan. Autsayderdan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin esa Lui van Gaal shogirdlari 41 ochko bilan beshinchi o‘ringa joylashishgan.

Angliya chempionati, 25-tur

Sanderlend - Manchester Yunayted - 2:1
Gollar: Xazri (3), Kone (82) - Marsyal (39)
Sanderlend: Mannone, Yedlin, O'Shi, Kattermol (Toivonen, 85), Kone, van Anxolt, Kirkxoff (Roduell, 15), M'Vila, Xazri, N'Doyye, Defo (Borini, 71).
Manchester Yunayted: De Xea, Darmian (Lav, 38), Smolling, Blind, Bortvik-Jyekson, Shnayderlin (Kin, 86), Kerrik, Lingard (Depay, 63), Mata, Marsyal, Runi
Ogohlantirishlar: Yedlin (38), O'Shi (45) - Runi (46), Mata (58), Kerrik (59).

Ko‘proq yangiliklar: