Alibaba Group Groupon kompaniyasining 33 mln aksiyasini xarid qildi

Iqtisodiyot 16:50 / 13.02.2016 2822

Xitoyning Alibaba internet-giganti onlayn shartnomalar saytiga egalik qiluvchi Groupon kompaniyasining 33 mln aksiyasini xarid qildi. RNS portalining ma'lum qilishicha, Alibaba saytning to‘rtinchi eng yirik aksiyadoriga aylandi.

Aytilishicha, 31 dekabr holatiga ko‘ra kompaniya, shuningdek, Jet.com chakana savdo onlayn-servisi, qo‘shimcha reallik sohasidagi uskunani ishlab chiqaruvchi Magic Leap startapi va LYFT avtomobillar buyurtmasi servisining ulushlarini xarid qilgan.

Wedbush Securities tahlilchisi Gil Luriyning fikricha, bu xaridlar Alibaba Group’ning AQSh bozoriga chiqish bo‘yicha uzoq istiqbolli strategiyasining tarkibiy qismidir.

Ko‘proq yangiliklar: