"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ mijozlari uchun mobil dasturlarni ishga tushiradi

O‘zbekiston 22:24 / 12.02.2016 2942

Yaqin kunlarda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ mijozlari "TUNE Consulting" tomonidan yaratilgan yangi mobil dasturlar imkoniyatlarini baholay olishlari mumkin bo‘ladi.

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi"da ma'lum qilinishicha, dasturlarning asosiy funksiyalariga yo‘l chiptalarining onlayn-xaridi imkoniyati kiradi. Shu bilan birga, dastur foydalanuvchilari temir yo‘l xizmatlari faoliyatlari haqida tezkor ma'lumotlar olishlari, reyslar jadvalidagi o‘zgarishlar hamda yangiliklardan xabardor bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Yo‘l chiptalariga pul to‘lash mexanizmi sifatida "UzCard" tizimidan foydalaniladi. Dastlab chiptalarni onlayn-xarid qilish imkoniyatidan "Mbank" to‘lov tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchilar foydalana oladilar.

Dastur Android va iOs operatsion tizimlarida ishlovchi mobil qurilmalarda samarali ishlay oladi.

Dasturlar ishga tushirilgandan keyin bir oy ichida zaruriyat paydo bo‘lganda ularni joriy yangilashni o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bundan maqsad ma'lumotlarni kiritishni soddalashtirish, foydalanuvchi interfeysi bilan ishlashni osonroq va qulayroq qilishdan iborat.

Mobil dasturlar haqida batafsil ma'lumotlarni "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJning rasmiy saytidan olish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: