Eron sanoat, konlar va savdo vaziri o‘rinbosari Mehdi Karbasyan Yaponiya bilan Erondagi foydali qazilmalardan foydalanishda hamkorlik qilish bo‘yicha 10 mlrd dollarlik kelishuv imzolangani haqida ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatgan.
"Eron Yaponiya bilan konchilik sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha 10 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi. Shunday loyiha bo‘yicha Germaniya, Avstriya va Belarus bilan ham muzokaralar davom etmoqda", deydi Karbasyan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron o‘z resurslaridan to‘g‘ri foydalangan holda dunyoning iqtisodi rivojlangan 10 davlatidan biriga aylanishi mumkin.
Karbasyan Eron prezidentining Italiya va Fransiya davlatlariga tashrifini esga olib, temir va alyuminiy rudalari qazib olish loyihalariga investitsiyalar kiritish bo‘yicha 6,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolanganini ta'kidlab o‘tgan.