Bugun dunyodagi moliyaviy vaziyat 2008 yil inqirozidagidan ham yomonroqdir, deb hisoblaydi dengiz yo‘llari orqali yuk tashish sohasida jahon yetakchisi bo‘lgan Moller-Maersk kompaniyasi direktori Nils Andersen. Bu haqda Vestifinance.ru nashri xabar bermoqda.
“Neft narxi 2008-2009 yillarda bo‘lgan eng past darajaga yetdi, ular uzoq muddat bunday saqlanib turadi, yaqin orada o‘zgarish bo‘lishi qiyin. Tashqi sharoitlar ham qiyinlashdi”, - dedi Andersen Financial Times jurnaliga bergan intervyusida.
2015 yil yakunlariga ko‘ra Moller-Maersk 82 foizga tushib ketdi: 2014 yili daromad 5 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2015 yili bu ko‘rsatkich 925 mln dollarga teng bo‘ldi.
Bloomberg tahlilchilari kompaniyaning daromadi 3.7 mlrd dollar bo‘lishi haqida prognoz berishgan edi, ammo bu taxminlar o‘zini oqlamadi.