«Xebey Chayna Forchun» Lavessini xarid qilib, unga yiliga 15 mln yevro maosh to‘lamoqchi

Sport 21:35 / 10.02.2016 2639

PSJning argentinalik hujumchisi Esekiel Lavessi yana bir Xitoy jamoasi qiziqishlari doirasiga tushgan.

L’Equipe nashri xabariga ko‘ra, o‘tgan mavsum yakuni natijalariga ko‘ra Xitoy chempionatining oliy divizioniga chiqqan «Xebey Chayna Forchun» jamoasi 30 yoshli bu futbolchini sotib olib, unga yiliga 15 mln yevrodan to‘lamoqda.

Nashrning yozishicha, Lavessiga Xitoyning boshqa bir jamoasi «Shanxay Shenxua»dan qiziqish saqlanib qolmoqda. Bu jamoa futbolchiga yiliga 13 mln yevro hamda qo‘shimcha bonus sifatida 2 mln yevro to‘lashga roziligini bildirgan.

Bundan oldinroq, «Xebey Chayna Forchun» Gael Kakuta («Sevilya»), Stefan Mbia («Tabzonspor») va Jyervinoni («Roma») xarid qilib ulgurgandi.

Lavessi Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubiga o‘tishga rozilik berdi

Lavessi Xitoy jamoasiga o‘tib, katta pul topishdan ko‘ra "Inter"da o‘ynashni ma'qul ko‘rmoqda

Ko‘proq yangiliklar: