Turkiyada ikki yigit 8 yil avval muzqaymoq o‘g‘irlagani uchun 13 yilga qamaldi

Jamiyat 09:37 / 10.02.2016 4940

Turkiyada ikki yigit o‘z sinfdoshidan muzqaymoq va bir pachka pistani o‘g‘irlagani uchun 13 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Ta'kidlanishicha, sud jabrlanuvchi biror marta ham politsiyaga murojaat qilmaganiga qaramasdan, jazo hukmini chiqargan. Jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga boshqa 6 o‘quvchi bilan konfetlar o‘g‘irlagan bolalarni qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar sabab bo‘lgan.

Sud taftishi boshlangan vaqtda ayblanuvchilar hali 14 va 15 yoshda va maktabda tahsil olayotgan bo‘lgan. Sud jarayoni 8 yil davom etganiga qaramasdan, hozirda 22 va 23 yoshli yigitlarga aylangan ayblanuvchilar maktabni bitira olishgan, ulardan hattoki biri universitetga o‘qishga kirgan. Politsiya uni imtihonga ketayotganda ushlab olgan.

Ko‘proq yangiliklar: